#Bayram_tabrigi
2026-11-08 09:00:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Barçamiz yaxşi anglaymizki, xalq salomatligi — jamiyatning eng bebaho boyligidir. Zero, tinçlik va soğliq hukm surgan yurtda taraqqiyot, farovonlik va baxtli hayot uçun mustahkam zamin yaratiladi.
Xalqimiz sizlarni dunyodagi eng şarafli kasb egalaridan biri, muqaddas qasamyodiga sodiq, öz kasbiga fidoyi insonlar sifatida e’zozlaydi. Çunki sizlarning bilim va tajribangiz, kasbiy mahoratingiz, eng muhimi, insoniy mehringiz tufayli insonlar hayoti asraladi, salomatligi tiklanadi va umidlariga qanot bağişlanadi.
Qadrli şifokorlar, hurmatli tibbiyot xodimlari!
Sizlarni kasb bayramingiz bilan yana bir bor muborakbod etib, şarafli faoliyatingizda kuç-ğayrat, mustahkam soğliq, oilalaringizga tinçlik-xotirjamlik, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman.
Qöllaringiz dard körmasin, ezgu mehnatingiz doimo el ardoğida bölsin! Doimo soğ-omon böling!
Ötkir Hamroyev,
Qorovulbozor tumani hokimi
