ZULFIYAXONIM IZDOSHLARI — YUKSAK MARRALAR SARI!
2026-10-28 10:30:00 / Yangiliklar

Ana shunday ezgu maqsadlar yo‘lida Qorovulbozor tumanida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga munosib nomzodlarni aniqlashga qaratilgan saralash bosqichi tashkil etildi.
Iste’dod, bilim va intilish bir maydonda jam bo‘ldi!
Tanlovda ishtirok etgan iqtidorli qizlar o‘zlarining bilim va tafakkuri, ijodiy izlanishlari, erishgan yutuqlari hamda kelgusidagi maqsadlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Ayniqsa, yoshlarning ilm-fan, adabiyot, san’at, sport va boshqa sohalardagi muvaffaqiyatlari ularning yuksak salohiyatidan dalolat berdi.
Saralash jarayonida nomzodlarning faoliyati, erishgan natijalari va tashabbuslari hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rib chiqildi.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti — nafaqat yuksak e’tirof, balki yosh qizlarni yangi marralar sari ruhlantiruvchi katta imkoniyatdir.
Qorovulbozorlik iste’dodli qizlarning intilishi, shijoati va o‘z oldiga qo‘ygan ezgu maqsadlari ularning kelajakda Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shishlariga ishonch uyg‘otadi.
Zulfiyaxonimga munosib izdosh bo‘lish — sharaf, bilim va iste’dod bilan yurtga xizmat qilish esa ulkan mas’uliyatdir!
✍️ Qorovulbozor tumani hokimligi matbuot xizmati




