Kuz-qish mavsumida xavfsizlik masalalari muhokama qilindi
2026-10-20 22:40:00 / Yangiliklar
Bugun, tuman hokimi O‘tkir Hamroyev rahbarligida kuz-qish mavsumida yong‘in, is gazidan zaharlanish va gaz-havo aralashmasi chaqnashi bilan bog‘liq favqulodda holatlarning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda aholi xonadonlari, ijtimoiy soha ob’yektlari, ko‘p kvartirali uylar, bozorlar va savdo majmualarida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi va issiqlik ta’minoti barqarorligini ta’minlash bo‘yicha vazifalar muhokama qilindi.
Mas’ullarga profilaktika ishlarini kuchaytirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mavsumni xavfsiz o‘tkazish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
✍️ Qorovulbozor tumani hokimligi matbuot xizmati


