“ZAMONAVIY KASBLAR TANLOVI” LOYIHASINING TUMAN BOSQICHI
2026-10-09 09:10:00 / Yangiliklar
Yoshlar o‘rtasida zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan kasblarni ommalashtirish, ularning bilim va ko‘nikmalarini namoyon etish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yoshlar o‘rtasida “Zamonaviy kasblar tanlovi” loyihasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

“Yoshlar o‘rtasida “Zamonaviy kasblar tanlovi” loyihasining tuman bosqichida faol ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etgan yoshlar munosib taqdirlandilar.
🥇 1-yo‘nalish — “Eng yaxshi veb-sayt”
1-o‘rin — Jalilov Jasur
2-o‘rin — Niyozov Nozimjon
🥈 2-yo‘nalish — “Eng yaxshi Mobilagrafiya”
1-o‘rin — Xudoyberdiyev Yusuf
2-o‘rin — Rahimberdiyeva Ruxshana
🥉3-yo‘nalish — “Eng yaxshi Web dizayn”
1-o‘rin — Rahimberdiyeva Kumush
2-o‘rin — Farhodov Qodirbek
✍️ Qorovulbozor tumani hokimligi matbuot xizmati





