Qorovulbozorda paxta terimi va kuzgi g‘alla ekish ishlari muhokama qilindi
2026-09-17 21:05:00 / Yangiliklar

Muloqotda joriy yilgi paxta hosilini qisqa muddatlarda va sifatli yig‘ib-terib olish, mavsumni uyushqoqlik bilan tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Paxta terimiga zamonaviy texnikalarni keng jalb etish bilan bir qatorda, mavsumiy ishlarda qatnashish istagidagi ishsiz aholini terim jarayoniga jalb qilish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.
Bu orqali terimni belgilangan muddatlarda yakunlash bilan birga, fuqarolarning mavsumiy daromad topish imkoniyatini kengayadi.
Uchrashuvda har bir fermer xo‘jaligi kesimida terim jarayonini tashkil etish, mavjud texnika va mehnat resurslaridan samarali foydalanish, yetishtirilgan hosilni o‘z vaqtida yig‘ishtirib olish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Shuningdek, 2027-yil hosili uchun kuzgi g‘alla ekish ishlarini sifatli va tizimli tashkil etish masalasi ham kun tartibidan o‘rin oldi. Bunda yer maydonlarini ekishga tayyorlash, agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda bajarish va ekish ishlarini o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha tegishli masalalar ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish yakunida mas’ullarga paxta terimi va g‘alla ekish mavsumini belgilangan talablar asosida tashkil etish, mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish hamda ishlarni o‘zaro hamkorlikda olib borish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
✍️ Qorovulbozor tumani hokimligi matbuot xizmati







