#Tanishtiruv
2026-07-29 13:10:00 / Yangiliklar
Bugun, tuman hokimligida tuman hokimi O‘tkir Hamroyev tomonidan Qorovulbozor tumani hokimining o‘rinbosari — Investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan G‘ayrat Raupov jamoaga tanishtirildi.

Tanishtiruv davomida yangi lavozimga tayinlangan rahbarning faoliyat tajribasi haqida qisqacha ma’lumot berildi hamda zimmasiga yuklatilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
So‘zga chiqqanlar G‘ayrat Raupovning mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyat tilab, hududning investitsiyaviy salohiyatini oshirish, sanoatni rivojlantirish va yangi loyihalarni amalga oshirish yo‘lida samarali faoliyat olib borishiga ishonch bildirdilar.
Qorovulbozor tumani hokimligi matbuot xizmati









