#Tayinlov
2026-07-29 13:10:00 / Yangiliklar

Raupov G'ayrat Soyibovich - Qorovulbozor tumani hokimining o‘rinbosari - tuman investisiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Gʻayrat Raupov 1987-yil 11-avgustda Buxoro shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2008-yilda Buxoro davlat universiteti, 2023 yilda Buxoro davlat universiteti va Rossiya Federatsiyasi Qozon Federal universiteti qo‘shma dasturi tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2008-yilda Buxoro viloyati hokimligi iqtisodiyot bosh boshqarmasi boshlig‘i kotibi sifatida boshlab, Buxoro viloyati hokimligi iqtisodiyot bosh boshqarmasi kadrlar va maxsus ishlar bo‘limi 1-toifali mutaxassisi (2009-2011y), Buxoro viloyati hokimligi iqtisodiyot bosh boshqarmasi viloyatni kompleks rivojlantirish prognozlari va monitoringi yig‘ma bo‘limi yetakchi mutaxassisi (2011-2012y), Buxoro viloyati hokimligi Iqtisodiyot bosh boshqarmasi tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish prognozlari va monitoringi bo‘limi yetakchi mutaxassisi (2012-2012y), Buxoro viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi ijtimoiy sug‘urta bo‘limi tarmoqlar bilan ishlash bo‘yicha yo‘riqchisi, ijtimoiy sug‘urta bo‘limi mudiri o‘rinbosari, mudiri (2012-2016y), Buxoro viloyat hokimligi apparati axborot – taxlil guruhi bosh mutaxassisi (2016-2018y), Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Buxoro viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi (2018-2019y) lavozimlarida ishlagan.
Tayinlovga qadar Buxoro shahridagi “AUTHENTIC TRAVEL” mas’uliyati cheklangan jamiyati ijrochi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
Oilali, 4 nafar farzandi bor.
Gʻayrat Raupovning kelgusidagi ishlariga muvaffaqqiyatlar tilaymiz.
Qorovulbozor tumani hokimligi matbuot xizmati
