#Shaxsiy_qabul
2026-07-29 18:45:00 / Yangiliklar
Bugun, tuman hokimining o'rinbosari Dilfuza Tursunova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasida shaxsiy qabul o'tkazdi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan ishga joylashtirish va boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi.
Tuman hokimi o'rinbosari tomonidan mas’ullarga murojaatlarni qonun doirasida ijobiy hal etish bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Qorovulbozor tumani hokimligi matbuot xizmati


