Qorovulbozor tumani prokurori, adliya kichik maslahatchisi Haydarov Jahongir Rustam o'g'lining tuman aholisiga murojaatnomasi
2026-06-02 16:00:00 / Yangiliklar

Assalomu aleykum,
Hurmatli tumanimiz aholisi!
Hozirgi kunda mamlakatimizda aholining tinchligi hamda osoyishtaligini ta’minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt profilaktikasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan bo‘lib, jamoat xavfsizligini ta’minlash kun tartibidagi asosiy masalalardan biridir.
Tumanimiz mahallalarida sodir etilgan oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlarning ob’ektiv va sub’ektiv sabablarini aniqlash va ularni barvaqt oldini olish ishlarini samarali tashkil etish, kechiktirib bo‘lmaydigan manzilli nazorat tadbirlarini o‘tkazish, jinoyatlarning oldini olish faoliyati natijadorligini hamda bu borada kunlik so‘rov va nazorat mehanizmlari joriy qilingan.
2026 yilning yanvar-may oylarida tumanda sodir etilgan umumiy jinoyatlar soni 39 tani tashkish qilib, mazkur jinoyatlarning
12 tasi oldi olinishi mumkin bo‘lgan, 27 tasi aniqlanadigan jinoyatlardir.
2025 yilning 5 oyi bilan solishtirilganda, joriy yilda o‘tgan yilga nisbatan umumiy jinoyatlar 7 ta yoki 22 foizga oshgan.
Natijada tumandagi 3 ta “Bo‘zachi”, “I.Buxoriy”, “Cho‘lquvar” MFYlar “sariq” toifaga kiritildi.
O‘tgan 5 oy davomida mahalla hududida oldi olinishi lozim bo‘lgan
12 ta jinoyat sodir etilganligi barchamizni tashvishlantirishi lozim.
Bunda, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat va jamoat tashkilotlari, jamoatchilik faolllari har bir hududning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda har bir mahallada huquqbuzarlik va jinoyatchilikning asl sabablari aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Mahalla hududida oldini olish mumkin bo‘lgan 12 ta jinoyatning
1 tasini voyaga yetmagan shaxs, 1 tasi ayollar tomonidan sodir etilganligi bu borada olib borilayotgan qoniqarsizligini ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, yo‘l-transport hodisalari soni keskin ko‘payib, joriy yilda ushbu toifadagi 6 ta jinoyat qayd qilingan.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida o‘tgan davr mobaynida ayollar, muqaddam sudlanganlar, ishsizlar, mast holdagi shaxslar tomonidan hamda guruh tarkibida jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.
Tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-111-sonli qarori hamda Bosh prokuror va Ichki ishlar vazirining 17.04.2025 yildagi 27QQ/24-son Qo‘shma qarori bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Mahalla hududida oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar sodir etilishi holatlarining har biri bo‘yicha ob’ektiv va sub’ektiv sabablari hamda shart-sharoitlash o‘rganilib, aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu kabi, o‘n kunlik muddatda har bir jinoyatning ob’ektiv va sub’ektiv sabablarini aniqlash borasida amalga oshirilgan chora - tadbirlar natijalari, jumladan, jinoyatning oldini olishga mas’ul bo‘lgan shaxslar javobgarlik masalasini ko‘rib borilmoqda.
Ijtimoiy profilaktika dasturi bo‘yicha
Qorovubozor tumanida tinchlik va osoyishtalikni saqlash, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish maqsadida barcha huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari va boshqa mas’ul xodimlar tun-u-kun xizmat olib borishmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.12.2025 yildagi
754-sonli “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori asosida “mahalla yettiligi” tomonidan hududda yashovchi, ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish zaruriyati mavjud aholi aniqlanib, ularga berilgan xulosalar bo‘yicha ijtimoiy moslashtiruvchi dasturlar ishlab chiqilib, dastur bandlari ijro etib kelinmoqda.
Buning natijasida Qarorda belgilangan alohida toifadagi shaxslarga tegishli yordam ko‘rsatilib, ularning belgilangan toifadan chiqarilishiga erishilmoqda.
Jumladan, joriy yilning o‘tgan davrida profilaktika inspektori tomonidan 180 nafar shaxslarni ijtimoiy profilaktikaga olish va zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha xulosalar yo‘naltirilgan bo‘lib, hozirga kelib mazkur xulosalarning 35 tasi hal qilinib, qo‘shma xulosa shakllantirilgan, qolgan xulosalar bo‘yicha ishlab chiqilgan ijtimoiy moslashtirish dasturi bo‘yicha ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Hurmatli, tumanimiz fuqarolari va mehmonlari !
So‘nggi vaqtlarda tumanimiz hududlarida sodir etilayotgan jinoyatlarning aksariyati o‘g‘rilik tashkil qilinmoqda.
Ushbu jinoyatlarning aksariyati fuqarolarning mol-mulkiga nisbatan e’tiborsizlik bo‘lganligini oqibatida kelib chiqmoqda.
Shuningdek, tuman aholisining aksariyat qismi sanoat korxonalarida kunning 09.00 dan 18.00 ga qadar bo‘lgan vaqtida ish joyida bo‘lishi, farzandlari esa ta’lim muassasalarida bo‘lishi sababli xonadon o‘g‘riligi uchramoqda.
Shu bois, dalalarda yoki yashash uyidan uzoqda, atrofi o‘ralmagan hovlilarda qoramollar va qo‘y-qo‘zilarning qarovsiz qoldirmaslik;
- avtomototransport vositalarini eshiklarinig ochiq holda yoki ovloq joylarda qarovsiz qoldirib ketmaslik;
- xonadon yoki savdo do‘konlarini texnik qo‘riqlash pultiga ulash yoxud avtonom signalizatsiyalarning o‘rnatish;
- korxona, tashkilot, muassasa, savdo va maishik xizmat ko‘rsatish shaxobchalarida tashqi yoritish va video kuzatuv moslamalarini o‘rnatish yoxud qorovullik xizmatini tashkil etishga alohida e’tibor qaratish so‘raladi.
Har birimiz o‘z mol-mulkimizni asrab avaylashga, uni qo‘riqlash va xavfsizligini ta’minlashga mas’uliyat bilan yondoshlaylik.
Shuningdek, quyidagi holatlarga e’tibor qaratishingiz so‘raladi.
- eng avvalo telefon va gadjetlaringizga ikki bosqichli parol o‘rnating, avtomatik yuklab olish ilovalarini o‘chirib qo‘ying;
- plastik karta pin-kodini begona shaxslarga bermang;
- savdo nuqtalari atrofidagi begona shaxslar orasida karta pin-kodini ma’lum qilmang, terminalga pin-kodni shaxsan kiriting, pin-kodni kiritish qurilmalarida shubhali qoplamalar mavjud emasligini tekshiring;
- masofadadan turib elektron to‘lovlarni yoki pul o‘tkazmalarini amalga oshirish davomida maxsus kodni oshkor etmang;
- elektron pochta yoki ijtimoiy tarmoqlardan bank plastik karta to‘g‘risidagi maxfiy ma’lumotlarni jo‘natmang;
- bank plastik kartasi uchun SMS-xabarnoma xizmatini begona shaxslar telefon raqamiga ulamang;
- yaqinlaringiz va tanishlaringizning garovga olinganligi, yordamga muxtojligi yoki biror-bir mushkul ahvolga tushib qolganligini aytib, tanish do‘sti, tergov, tibbiyot xodimi yoki boshqa shaxs maqomida qo‘ng‘iroq qilib pul talab qilishayotgan bo‘lishsa yohud chet mamlakatda yurgan yaqiningiz ovozida qo‘ng‘iroq qilib pul so‘rashsa aslo ishonmang.
Bu sun’iy intellekt orqali amalga oshirilayotgan firibgarlik bo‘lishi mumkin. Agarda yuqoridagi kabi holatlarga duch kelsangiz “112” qisqa raqamiga zudlik bilan murojaat qiling.
Bundan tashqari, Sizlardan jinoyatlarning oqibatlari bilan kurashish emas, balki jinoyat sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilishga ustivor vazifa sifatida qarab, jinoyatchilikka qarshi kurash borasida birgalikda harakat qilishga chaqirib qolaman.
