Qorovulbozor tumanida “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqalariga start berildi.
2026-04-07 12:15:00 / Yangiliklar
Qorovulbozor tumanida sportning mini futbol va futbol sport turlari bo'yicha “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqasi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda tuman hokimi O‘tkir hamroyev, Davlat xavfsizlik xizmati xodimi, korxona va tashkilot rahbarlari hamda yoshlar ishtirok etishdi.
Ochilish marosimida so'zga chiqqanlar ishtirokchilarga kelgusidagi o'yinlarda omad va zafarlar tilashdi.
Mazkur sport musobaqasi tumanimizdagi 7 ta mahallalar o‘rtasida 2 ta guruhga bo‘lingan holda 16-30 yoshgacha bo‘lgan uyushmagan yoshlar o‘rtasida joriy yilning aprel-may oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Musobaqa tuman, viloyat va respublika bosqichlariga qadar davom etadi.
Gʻoliblar tashkilotchilarning qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Qorovulbozor tumani hokimligi matbuot xizmati









