#Tayinlov
2026-04-06 14:10:00 / Yangiliklar

Djunaitov Gʻanisher Ne’matovich - Qorovulbozor tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari-tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi.
Gʻ.Djunaitov 1982-yil 5-oktabrda Vobkent tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. 2005-yil Buxoro oziq-ovqat va yengil-sanoat texnologiyasi instituti (kunduzgi), 2007-yil Buxoro oziq-ovqat va yengil-sanoat texnologiyasi instituti (magistratura) ni tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – kasb-ta’limi: iqtisodiyot, tarmoqlar iqtisodiyoti.
Mehnat faoliyatini 2001-yilda Buxoro oziq-ovqat va yengil-sanoat texnologiyasi instituti "Marketing" kafedrasi o‘qituvchiligidan boshlab, Kogon shahar g‘aznachilik bo‘linmasi guruh boshlig‘i (2007-2008), Kogon shahar g‘aznachilik bo‘linmasi boshlig‘i o‘rinbosari, yuridik majburiyatlarni ro‘yxatga olish va narxlar monitoringi sektori boshlig‘i (2008-2009), Boshqarma xo‘jalik sub’yektlarida davlat ulushiga dividentlar hisoblanishi va ulardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i (2009-2010), Boshqarma o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarini moliyalashtirish sektori bosh iqtisodchisi (2010-2010), Buxoro neftbaza unitar korxonasi bo‘yicha Moliya vazirligining moliya inspektori (2010-2011), Buxoro viloyati "Qorako‘ldonmaxsulotlari" hissadorlik jamiyati bo‘yicha Moliya Vazirligining moliya inspektori (2011-2011), Kogon tumani hokimligi moliya bo‘limi mudiri (2011-2011), Kogon tumani hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari (2011-2017), Kogon tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari (2017-2017), Vobkent tumani hokimligi apparati tashkiliy-nazorat guruhi rahbari (2017-2017), Vobkent tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari (2017-2022), Buxoro viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i v.v.b (2022-2022), Buxoro viloyat hokimligi huzuridagi “Yangi ish o‘rinlarini tashkil etishni rag‘batlantirish hududiy jamg‘armasi" Ijrochi direktori (2022-2024), Buxoro viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri (2024-2025) lavozimlarida ishlagan.
2025-yildan ayni vaqtga qadar u Qorovulbozor tumani hokimining o‘rinbosari – investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘I lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Oilali, 3 nafar farzandi bor.
Qorovulbozor tumani hokimligi matbuot xizmati
