Tuman hokimi Oʻtkir Hamroyev tuman IIB boshligʻi Alimardon Jumayev bilan birgalikda “Jarqoq” mahallasida boʻlib, ijtimoiy soha obyektlarining qish mavsumiga tayyorgarlik holati va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
2026-01-16 22:20:00 / Yangiliklar
Dastlabki manzil, mahalla hududidagi 5-umumiy oʻrta taʼlim maktabi boʻldi. Bu yerda isitish qozonxonalarining holati va sinf xonalarining issiqlik tizimiga alohida eʼtibor qaratildi.

Oʻrganishlar 9-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida davom etdi.
Qozonxona va binoning isitish tizimi koʻzdan kechirildi.
Shuningdek, maktabgacha taʼlim tashkilotida saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining holati va sifati oʻrganildi.
Tuman hokimining keyingi manzili “Jarqoq” oilaviy shifokorlik punkti boʻldi.
Bu yerda ham dastavval, binoning issiqlik tizimi koʻzdan kechirildi.
Shundan soʻng, bemorlar bilan suhbatlashib, ularning xolidan xabar olindi.
Oʻrganishlar yakunida masʼullarga aniqlangan kamchiliklarni qisqa fursatlarda bartaraf etish boʻyicha aniq topshiriq va koʻrsatmalar berildi.
Qorovulbozor tumani hokimligi matbuot xizmati









