Tuman hokimi “Jarqoq” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.
2026-01-16 22:05:00 / Yangiliklar
Aholi muammolarini o‘rganish va ularga yechim topish maqsadida tuman hokimi O‘tkir Hamroyev “Jarqoq” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabulda murojaatchilar o‘zlarini qiynayotgan ijtimoiy-maishiy, iqtisodiy va huquqiy masalalarni hal etishda amaliy yordam so‘rashdi.
Sayyor qabulda ko‘tarilgan masalalarning bir qismi joyida hal etilgan bo‘lsa, vaqt va mablag‘ talab etadigan muammolar ijrosini ta’minlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, ijrosi nazoratga olindi.
Qorovulbozor tumani hokimligi matbuot xizmati






