Xalq deputatlari Qorovulbozor tumani Kengashining navbatdagi yigirma ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
2026-01-13 19:00:00 / Yangiliklar

Dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi yangradi.
Sessiyani tuman Kengashi raisi Bo‘ston Aslonov boshqarib bordi.
Kun tartibidagi dastlabki masala - Qorovulbozor tumani Adliya bo‘limi tomonidan norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha 2025 yilning 4-choragi davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Gʻolib Qlichov axborot berdi.
Navbatdagi masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qorovulbozor tumanidagi Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi Rustam Ortiqov so‘zga chiqib, “Qorovulbozor tumanida 2025-yil davomida aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash holati to‘g‘risida” axborot berdi.
Shundan so‘ng, “Qorovulbozor tumanida 2025-yilning 12 oyi davomida ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash va kambag‘allarni daromadini yaxshilash bo‘yicha erishilgan natijalar to‘g‘risida” tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i Bekzod Shodiyev deputatlar oldida hisobot berdi.
Shuningdek, sessiya vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Sessiyada ko‘tarilgan masalalar yuzasidan deputatlar o‘zlaning fikr va mulohazalarini bildirishdi.
Sessiya ishida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan Kengash qarorlari qabul qilindi.
Qorovulbozor tumani hokimligi matbuot xizmati









