#Tayinlov
2025-12-29 18:35:00 / Yangiliklar

Hamroyev Nozimjon Normurod o‘g‘li - Qorovulbozor tumani hokimining raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Nozimjon Hamroyev 1994-yilda Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida tug’ilgan. Mutaxassisligi kasb talimi: informatika va axborot texnologiyasi, ta’limda axborot texnologiyalari. 2019-yilda Buxoro davlat universiteti hamda 2024-yilda Navoiy davlat pedagogika institutini magistratura bosqichini tamomlagan.
Tayinlovga qadar Navoiy viloyati alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan "Ko‘rish imkoniyati cheklangan" bolalar uchun ixtisoslashtirilgan "Nurli maskan" maktab-internati informatika fani o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritgan.
Oilali, 2 nafar farzandi bor.
Nozimjon Hamroyevning kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Qorovulbozor tumani hokimligi matbuot xizmati
