#Ommaviy_qabul
2025-12-29 17:55:00 / Yangiliklar

Qabul davomida tashkil etilgan mehnat yarmarkasida tumandagi barcha korxona va tashkilotlar jumladan, budjet tashkilotlari, tadbirkorlar, fermerlar o‘zlarining mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi.
Tijorat banklari tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan fuqarolarga o‘zlarining kredit liniyalarini tushuntirishdi hamda ularga amaliy yordam ko‘rsatishdi.
Ommaviy qabul davomida tuman hokimi O‘tkir Hamroyev fuqarolarni shaxsan qabul qilib, ularning murojaatlarini tingladi.
Kelib tushgan murojaatlarning bir qismi joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, muddat talab etadigan murojaatlar nazoratga olinib, tegishli mas’ullarga murojaatlarni qonun doirasida o‘rganib chiqib, ijobiy hal etish bo‘yicha aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Qorovulbozor tumani hokimligi matbuot xizmati









