“Bo'zachi” mahallasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
2025-12-23 20:50:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda tuman hokimi, tuman prokurori, tuman soliq inspeksiyasi boshlig’i, hokim o‘rinbosari va sohaga aloqador tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida 2026-yil hosili uchun paxta va g‘alla yetishtirish, ekin yerlarni shudgorlash, dala chetlariga daraxt ko‘chatlari o‘tqazish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, ariq va zovurlarni tozalash hamda ichki ariqlarni betonlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, qoloq fermerlar bilan individual ishlash, ushbu fermer xo‘jaliklar faoliyatini yaxshilash, faoliyatida o‘zgarish qilmagan fermer xo‘jaliklarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Qorovulbozor tumani hokimligi matbuot xizmati









