Qorako‘l tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik Hayitov Shaxob Qayumovichning MUROJAATNOMASI
2025-08-29 18:40:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Shu jihatdan fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, huquq va erkinliklarini ishonchli ta’minlash, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga qaratilgan manzilli ishlarni yanada kuchaytirishimizni taqozo etmoqda.
Shu jihatdan fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, huquq va erkinliklarini ishonchli ta’minlash, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga qaratilgan manzilli ishlarni yanada kuchaytirishimizni taqozo etmoqda.
Shu jihatdan fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, huquq va erkinliklarini ishonchli ta’minlash, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga qaratilgan manzilli ishlarni yanada kuchaytirishimizni taqozo etmoqda.
Jumladan, ushbu kunda tobora ko‘proq tilga olinayotgan so‘zlardan biri bu kiberjinoyatchilik bo‘lib, ya’ni axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoiy tajovuzlar hisoblanadi. Bu turdagi jinoyatlar zamon va makon tanlamasligi va masofadan turib sodir etilayotganligi sababli ish faoliyatimizda anchayin qiyinchiliklarni tug‘dirmoqda.
Bu turdagi jinoyatlarga qarshi kurashishning engsamarali usuli fuqarolarda kiberjinoyatlargaqarshi immunitetni shakllantirishdir. O‘zimizni bujinoyatlardan himoya qilishni o‘rganishimiz kerak. Bizni ishonuvchanligimiz, oson boylik orttirishgabo‘lgan qiziqishimiz bu qopqonga tushishimizga sababbo‘lmoqda.
Shu sababli aholimizdan quyidagilarga alohidae’tibor qaratishlarini so‘raymiz:
- eng avvalo telefon va gadjetlaringizga ikkibosqichli parol o‘rnating, avtomatik yuklab olishilovalarini o‘chirib qo‘ying;
- plastik karta pin-kodini begona shaxslargabermang;
- savdo nuqtalari atrofidagi begona shaxslar orasidakarta pin-kodini ma’lum qilmang, terminalga pin-kodni shaxsan kiriting, pin-kodni kiritish qurilmalarida shubhali qoplamalar mavjud emasligini tekshiring;
- masofadan turib elektron to‘lovlarni yoki pul o‘tkazmalarini amalga oshirish davomida maxsus kodni oshkor etmang;
- elektron pochta yoki ijtimoiy tarmoqlardan bank plastik karta to‘g‘risidagi maxfiy ma’lumotlarnijo‘natmang;
- bank plastik kartasi uchun SMS-xabarnoma xizmatini begona shaxslar telefon raqamiga ulamang;
- yaqinlaringiz va tanishlaringizning garovga olinganligi, yordamga muhtojligi yoki biror birmushkul ahvolga tushib qolganligini aytib, tanish do‘sti, tergovchi, tibbiyot xodimi yoki boshqa shaxs maqomida qo‘ng‘iroq qilib pul talab qilishayotgan bo‘lishsa yoxud chet mamlakatda yurgan yaqiningiz ovozida qo‘ng‘iroq qilib pul so‘rashsa aslo ishonmang.
Bu sun’iy intellekt orqali amalga oshirilayotgan firibgarlik bo‘lishi mumkin. Agarda yuqoridagi kabi holatlarga duch kelsangiz 102 qisqa raqamiga zudlik bilan murojaat qiling.
Yana bir dolzarb muammo– Giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq jinoyatlar.
Ichki ishlar bo‘limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda keng jamoatchilik bilan hamkorlikda tumanimiz hududida giyohvand hamda psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi keskin kurash olib bormoqdamiz.
Bugungi kunda bu turdagi jinoyatlar ham zamonaviylashgan, giyohvand hamda psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullanish ijtimoiy tarmoqlarga ko‘chgan! Internet do‘konlari, ularning administrator va operatorlari, “kladmenlar” va“zakladchiklar” orqali jinoyatlar sodir etilmoqda.
Bu jarayonga bizning sodda yoshlarimiz, ayniqsa voyaga yetmaganlarning jalb etilayotgani esa o‘ta xatarli. Bu jinoiy guruhlar faoliyati xorijdan turib boshqarilmoqda.
Ularga yetib borish turli qiyinchiliklarni tug‘dirmoqda. Buni yashirolmaymiz albatta.
Ammo, fuqarolarimizdagi loqaydlik va atrofdagi hodisalarga bee’tiborlik ham aynan ushbu turdagi jinoyatlarning keng quloch yoyishiga sabab bo‘lmoqda. Bu illatga qarshi barchamiz birgalikda kurashishimizshart!
Shuning uchun, Hurmatli ota-onalar, aziz tumandoshlar, e’tiborli bo‘ling! farzandlaringiz, aka-uka, yaqinlaringiz, tanish-bilishlaringiz orasida xulq-atvori, yurish-turishi, xatti-harakatlarida kutilmagan o‘zgarish bo‘lsa, buni yashirishga urinmang. Mahalla ko‘y, tanish bilishlar nima deydi degan o‘y hayol bilan yashirishga urinmang. Bir o‘zingiz ularni og‘u domidan chiqarib ololmaysiz. Bunday shaxslarga mutaxassislarning yordami kerak. O‘z vaqtida yaqinlaringizni giyohvandlik domidan tortib olsangiz, yanada og‘irroq oqibatlarni oldini olgan bo‘lasiz.
Yana bir masala, aksariyat hollarda giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etgan va undan zaharlangan yoshlarning yaqinlari bilgan, ko‘ribturgan. Biroq mustaqil va yashirincha harakat qilib, tegishli idoralarga o‘z vaqtida ma’lum qilmaganlar.
Giyohvand moddalar yoki kuchli ta’sir qiluvchi dorilar iste’moli ta’siri ostida har qanday jinoyatlar, ayniqsa eng og‘ir turdagi jinoyatlar sodir etilishi muqarrar va biz bu holatlarni o‘z tajribamiz davomida ko‘rib turibmiz.
Bunday vositalar ta’siri ostida transport vositalarini boshqargan shaxslar esa og‘ir oqibatli yo‘l-transport hodisalarini sodir etishlari mumkinligini ham unutmaslik kerak. Bunday shaxslar nafaqat o‘z hayotiga, balki boshqa begunoh insonlarning ham hayotiga nuqta qo‘yishi yanada achinarlidir.
Yana bir masalaga e’tiboringizni qaratmoqchiman, bu – firibgarlik.
Firibgarliklarning turlari ham, usullari ham, ko‘rinishlari ham, ko‘lami ham kengayib bormoqda.
Jumladan:
- KONSALTING xizmat ko‘rsatuvchi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar tomonidan chet davlat oliygohlariga imtihonsiz o‘qishga kiritib, bir yildan so‘ng, o‘qishni O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirib berishni va’da berish orqali soxta shartnomalar rasmiylashtirish, chet tillarini bilish bo‘yicha AYLS hamda SEFR soxta sertifikatlarni tayyorlab berish;
- o‘zini mansabdor shaxs sifatida tanishtirib, “Bilim va malakalarni baholash agentligi”da faoliyat olib boruvchi tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilishsa, bu yolg‘on;
- mansabdor shaxslar orqali ishga joylashtirishni va’da qilishsa ham aslo ishonmang. Yodda tuting, aksariyat korxona va tashkilotlarga ishga kirish tartibi raqamlashgan elektron platformalar orqali amalga oshirilmoqda.
- pul evaziga fol ochish, kelajakni aytib berish, soxta tabiblik bilan shug‘ullanayotganlar aldoviga ham ishonib qolmang;
Surishtiruv, tergov hamda sud qarorlarini ijobiy hal qilish, jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarni ozodlikka chiqarish evaziga pul talab qilishsa bilingki bu qonunga xilof!
-xorijiy davlatlar tomonidan o‘rnatilgan DEPORTni yoki taqiqni yechish faqatgina o‘sha davlatning vakolatli idoralari tomonidan hal qilinishini aslo unutmang.
-yer uchastkasi, uy-joy sotib olishda, ayniqsa yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan kvartira olishda tegishli hujjatlarning mavjudligiga Davlat idoralari orqali aniqlik kiritgandan so‘ng notarial tartibda oldi-sotdi qilishni unutmang!
- Ne mashaqqatlar bilan boqqan chorva mollaringizni bozor narxidan bir oz yuqori baholagan va muayyan muddatdan so‘ng pulini berishni va’da qilgan ustomonlarga umuman ishonmang!.
-avtomototransport vositalarining oldi-sotdisida ham o‘ta ehtiyot bo‘ling! Uning garovga qo‘yilmaganligi, uchinchi shaxsning mulkiy huquqlari mavjud emasligiga, notarial idoralar orqali aniqlik kiritgandan so‘ng sotib oling!
Bu jarayonda avtomashina summasini bo‘lib to‘lash, lizing va chet mamlakatlardan 3-6 oylik muddatda keltirib berish shartlari bilan xarid qilayotganingizda juda ehtiyot bo‘ling!
- Haj va umra ziyoratiga arzon garovga yuborish bilan shug‘ullanib kelayotgan soxta firmalarning aldovigauchmang!
Aks holda misqollab yiqqan mol mulkingizdan bir zumda ajralib qolasiz. Shu uchun o‘ta ehtiyot bo‘ling!
Galdagi muhim masalalardan yana bir bu – o‘g‘irlik jinoyatlari.
Jinoyatlar xonadon, savdo do‘konlari, avtotransport vositalaridan fuqarolarimizning o‘z mulklarini xavfsiz saqlashga e’tiborsizligi oqibatida kelibchiqmoqda.
Ayniqsa,-xonadonlar va savdo do‘konlarining qarovsiz qoldirilishi,
-eshik-derazalarga temir panjaralarning o‘rnatilmaganligi yoki sifatsiz va tez shikastlanuvchi osma qulflarning o‘rnatilganligi,
-avtomototransport vositalari eshiklarining ochiq holda yoki ovloq joylarda qarovsiz qoldirib ketilishi;
-dalalarda yoki yashash uyidan uzoqda, atrofi o‘ralmagan hovlilarda qoramollar va qo‘y-qo‘zilarning qarovsiz qoldirilishi;
- xonadon yoki savdo do‘konlarini texnik qo‘riqlash pultiga ulanmaganligi yoxud avtonom signalizatsiyalarning o‘rnatilmaganligi,
- korxona, tashkilot, muassasa, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida tashqi yoritish vavideo kuzatuv moslamalarining o‘rnatilmaganligi yoxud qorovullik xizmatining tashkil etilmaganligi,
- avtoturargohlar va ko‘p qavatli uylarning kirish joylarida video kuzatuv va yoritish moslamalarining yo‘qligi, podyezd va tomga chiqish eshiklarining qulflanmasligi, velosiped, kolyaska va boshqa shunga o‘xshash turli buyumlarning xonadonlar, ko‘p qavatli uylar oldida yoki podyezdlarida qarovsiz qo‘yib ketilayotganligi ham o‘g‘rilik jinoyati sodir etilishiga sharoit yaratmoqda.
Ayniqsa, xonadonlarni, savdo va boshqa maishiy xizmat ko‘rsatuvchi shoxobchalarni texnik qo‘riqlash pultiga topshirish, videokuzatuv moslamalari bilan jihozlash mulkimizning xavfsiz saqlanishini kafolatlaydi.
Bu bilan Siz peshona teri bilan yiqqan mol mulkingizni arzimas to‘lov orqali kafolatli qo‘riqlanishiga erishasiz.
Siz azizlar ham xonadoningiz, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchangiz va boshqa mol-mulklaringizning xavfsizligini, munosib qo‘riqlanishini istasangiz biz bilan bir tanu-jon bo‘lib, jinoyat sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilib, mahallalarimizda ko‘chaqorovulliklarini tashkil etgan holda, g‘araz niyatli shaxslarning bu turdagi jinoyatlarni sodir etishlarini oldini olishda yordam berishingizni so‘raymiz.
Hurmatli fuqarolar!
Oila turmush doirasida sodir etilayotgan jinoyatlarni hech bir so‘z bilan oqlab bo‘lmaydi. Chunki mahallalarda sodir bo‘lgan ayrim turdagi og‘irva o‘ta og‘ir jinoyatlar aynan oilaviy kelishmovchiliklar, qo‘ni-qo‘shni va yaqinqarindoshlar o‘rtasidagi nizoli vaziyatlar, turli maishiy ikir-chikirlar sabab sodir etilmoqda. Natijada muqaddas qo‘rg‘on sifatida tavsiflanganoilalarning darz ketishiga, voyaga yetmagan bolalarning qarovsiz qolib, kelajagining barbod bo‘lishiga, shuningdek, nosog‘lom muhitda o‘sgan oilalar farzandlari orasidan jinoyat sodir qilishga moyil shaxslarning yetishib chiqishiga zamin yaratmoqda. Shu sababli mahallalardagi oila turmush doirasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni oldini olish bugungi kunning eng dolzarb masalasi desam mubolag‘a bo‘lmaydi.
Tahlillarga ko‘ra, aksariyat oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar notinch, o‘zaro nizolashayotgan, ajrim yoqasiga kelib qolgan, shar’iy nikohdagi oilalarda mavjud muammolarning o‘z vaqtida bartaraf etilmayotganligi natijasida sodir bo‘lmoqda.
Bundan ko‘rinib turibdiki, har bir mahallaning yettilik vakillari, imom xatib va otinoyilari, patronaj xizmatlari, ko‘cha vakillari, nuroniy hojiota va hoji onaxonlar, aholining faol jamoatchilik vakillarini huquq-tartibot organlari va mas’ul idoralar bilan izchil hamkorlikka chorlayman.
Bu jarayonda nosog‘lom turmush tarzida yurgan, ichkilikka ruju’ qo‘ygan, giyohvand va tajovuzkor ruhiy kasallarni oila qo‘rg‘onida yashirishdek amaliyotdan voz kechish kerak deb o‘ylayman. O‘z vaqtida nazoratga olingan bu toifa shaxslar, kelgusida og‘ir oqibatli jinoyat va huquqbuzarliklarning oldi olinishiga sabab bo‘ladi.
Bundan tashqari “Oila-mahalla-maktab” tamoyili asosida tarbiyasi og‘ir, nazoratsiz, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil maktab o‘quvchilari bilan manzilli ishlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, turli o‘quv, sport hamda kasb-hunar to‘garaklariga jalb etish zarur.
Oilalarda sog‘lom muhitni yaratishda o‘ziga xos oilaviy qadriyatlarni kengroq targ‘ib qilishda nuroniy otaxon va onaxonlarning ko‘magiga muhtojmiz.
Shu o‘rinda, ko‘cha va jamoat joylarida arzimagan sabablar bilan yetti yot begona shaxslarning tasodifiy tortishuvlari natijasida sodir etilayotgan jinoyatlarga ham e’tiboringizni qaratmoqchiman.
Aniq bir jinoyatni sodir qilishga qasdi bo‘lmasa-da, to‘satdan vujudga kelgan holat natijasida, kuchli his hayajon yoki asabiylashish sababli biri ikkinchisi bilan do‘pposlashib, birbiriga tan jarohati yetkazishmoqda.
Bu jinoyatlarni keltirib chiqargan sabablarga e’tibor bersak, arzimagan holatlar ekanligiga guvoh bo‘lamiz.
Barcha gumonlanuvchilar va jabrlanuvchilar bezorilik, tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq bunday jinoyat sodir etilganligidan afsusdaligini kech anglashmoqda. Bir daqiqa ichida muammoni o‘zaro hal qilib, kelishib ketish mumkin bo‘lgan joyda, birnecha oy, hatto yillar davom etadigan umrni zoye ketkazish demakdir. Bu albatta juda achinarli holat. Buni o‘rniga o‘z vaqtida bitta gapdan qolib, kelishib olish va o‘zaro hurmat ko‘rsatish yaxshi emasmi?
Mahallangiz, oilangiz, yaqinlaringiz, qo‘ni-qo‘shnilar, tanish bilishlar orasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda sizlardan jonbozlik ko‘rsatishingizni so‘rab qolamiz.
Agarda, Sizda fuqarolar, jamiyat va davlat xavfsizligiga turli xatarlar bo‘yicha, shuningdek boshqa shaxslar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklar va jinoyatlar haqida ma’lumotlar bo‘lsa, bizga “102” qisqa raqami orqali yoki eng yaqin ichki ishlar organlariga xabar berishingizni so‘raymiz.
Albatta xabar berganlarning shaxsiga doir ma’lumotlar sir saqlanishiga kafolat beramiz. Shuni e’tiborga olingki, bu, davlat va jamiyat oldidagi o‘z burchiga sodiqlik hisoblanadi. Sizning shu xabaringiz orqali og‘ir oqibatli jinoyatlarning oldi olinishi, insonlar hayoti saqlab qolinishi mumkinligini aslo unutmang. Hech birimiz befarqlikka berilmasligimiz lozim.
Agar Sizning ma’lumotingiz asosida og‘ir yoki o‘taog‘ir jinoyatlar to‘xtatib qolinsa, shaxs, jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazilishining oldi olinsa, o‘rnatilgan tartibda rag‘batlantirish choralarini ko‘ramiz.
Shuni bilingki, jinoyat sodir etilganidan keyin emas, ularni oldindan bartaraf etishga e’tibor qarataylik.
Fursatdan foydalanib, barchangizni yaqinlashib kelgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 34 yilligi bayrami munosabati bilan tabriklagan holda, sizlarga mustahkam sog‘lik, xonadoningizga xotirjamlik, fayzu-baraka tilayman!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin! E’tiboringiz uchun rahmat!
