“Effect.uz" internet nashri e’lon qilgan materialga RADDIYA
2025-07-03 18:00:00 / Rasmiy munosabat

Birinchidan, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli ta’lim muassasalarining 2025-2026 o‘quv yilining kuz-qish mavsumida foydalanish maqsadida “Qorako‘l ko‘mir ta’minot” ga birinchi bosqichda 1 606 tona ko‘mir maxsuloti keltirilgan.
Shundan, 59,5 tonnasi 5 ta maktabgacha ta’lim tashkilotiga, 1 504,8 tonnasi 33 ta umumta’lim maktabiga, umumiy hisobda 1564,3 tonna ko‘mir maktab va bog‘chalarga tarqatilgan. Ko‘mir ta’minot bazasida 41,7 tonna ko‘mir qolgan bo‘lib, ikkinchi bosqichda tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tibbiyot muassasalariga tarqatilishi ko‘zda tutilgan.
Ikkinchidan, Omborxona birinchi bosqichda 1 606,0 tonna ko'mir mahsulotlarini qabul qilgan bo'lib, ushbu ko‘mir mahsulotlari tashkilotlarga tarqatilishi natijasida oxirgi bosqichda qolgan ko‘mirlar texnika yordamida to‘planganda ko‘mir ostidagi tuproq aralashishi tabiiy hol. Masalan: yuqoridagi ko‘rsatilgan jarayon bo'yicha taxminan 1 200 tonna ko‘mir tarqatilgan bo‘lib, ushbu ko‘mirni qolgan qismini to‘plash jarayonida taxminan 15-20 tonna ko‘mirga tuprok aralashgan. Ushbu ko‘mir mahsulotlari alohida ajratib kuyilgan.
Uchinchidan, “Ko‘mirta’minot” MCHJ Qorako‘l tuman omborxonasida ko‘mir mahsulotlarini temir yo‘l vagonlari orqali qabul qilishi va ushbu temir yo‘l vetkasida ijara shartnomasi asosida foydalanib kelinadi.
2024-2025 yillar kuz-qish mavsumi yakulangandan so‘ng, ya’ni, joriy yilning mart oylari oxirida ijaraga beruvchi “Point vision” korxonasi tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilgan. Tasvirlarda ko‘rsatilgan qumlar ta’mirlash ishlar vaqtida keltirilgan qum bo‘lib, murojaatda keltirilgan “Ko‘mir to‘kiladigan maydonga avvaldan qum va shag‘al yozdirilib, keyinchalik u ko‘mir bilan aralashtirilib tarqatilmoqda” jumlalari mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
So‘ngi so‘z o‘rnida, Qorako‘l tuman hokimligi barcha ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda ishlashga tayyor ekanligini hamda mamlakatimizda olib borilayotgan ochiqlik siyosatini qo‘llab quvvatlashini ma’lum qilamiz.
