Fuqarolar murojaatlarini hal etish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi
2025-06-04 21:35:00 / Yangiliklar

Mazkur qabulda tuman hokimi Xurshid Toxirov boshchiligidagi mas'ullar, tegishli davlat tashkilotlari va xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar vakillari ishtirok etdilar. Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar – xususan, yer ajratish, uy-joy, bandlik, moddiy yordam, infratuzilma, sog‘liqni saqlash, ta’lim va ijtimoiy xizmatlar kabi yo‘nalishlardagi murojaatlar atroflicha o‘rganildi.
Murojaatlarning bir qismi shu yerning o‘zida ijobiy hal etilib, yechim topdi. Ba’zi masalalar esa qo‘shimcha o‘rganish va tahlilni talab qilgani sababli aniq muddat va ijrochilar belgilanib, nazoratga olindi.
Fuqarolar tomonidan bildirgan minnatdorchiliklar va samimiy fikrlar shuni ko‘rsatadiki, bu kabi ochiq va ochiqchasiga o‘tkazilayotgan muloqotlar aholining ishonchini mustahkamlash, ularning davlat organlariga bo‘lgan murojaatlari tez va samarali hal etilishiga xizmat qilmoqda.
Xalq bilan muloqot — muammolarga yechim, ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyot sari qo‘yilayotgan navbatdagi muhim qadamdir.









