Qoraqulonchi mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi
2025-05-27 20:15:00 / Yangiliklar

Aholi muammolari bilan tanishish jarayonida fuqarolar tomonidan elektr energiyasi, ichki yo‘llarni ta’mirlash, davolanish, oliy o‘quv yurtida o‘qish uchun shartnoma to‘loviga ko‘maklashish kabi masalalarda 15 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi.
—Bir necha yildan buyon qandli diabet kasalligi bilan kasallanganman. Ustiga ustak qo’limiz kaltalik qilib davovalinish uchun yetarli mablag’ topolmayotgandik, —deydi murojaatchilardan biri. —Tuman hokimi bilan bo’lgan uchrashuvda ushbu masalada yordam so’ragan edim murojaatimni hal etish uchun o’sha joyning o’zida mutasaddilarga topshiriq berdilar. Murojaatim ijobiy hal qilinganidan xursandman.
Sayyor qabul davomida tushgan barcha murojaatlarga qonuniy yechim topish yuzasidan mas’ulllarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.









