RASMIY MUNOSABAT
2026-10-15 09:35:00 / Rasmiy munosabat
Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Yangiturmush mahallasidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lini asfaltlash masalasida e’lon qilingan material yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Ayni vaqtda Qozon va Yangiturmush mahallalarini o‘zaro bog‘lovchi, shuningdek, Yangiturmush mahallasi hududidan o‘tuvchi umumfoydalanishdagi avtomobil yo‘lining jami 6 kilometr qismida asfalt qoplamasi yotqizish ishlari boshlab yuborilgan.
Hozirda mazkur yo‘lni asfaltlash bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu ishlar yakunida hudud aholisi uchun qulay transport sharoitlari yaratilishi, avtomobillar harakati yanada ravon va xavfsiz bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Qorako‘l tumani hokimligi aholi tomonidan bildirilayotgan murojaat va takliflarni e’tiborga olgan holda, hududlarda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hamda fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratish borasidagi ishlarni davom ettiradi.
