Qorako’l tumani hokimi va o'rinbosarlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarni shaxsiy qabul qilish jadvali tasdiqlandi
2026-10-12 17:55:00 / E'lonlar

Reja jadvali asosida:
🔹Toxirov Xurshid Yahyoyevich - tuman hokimi qabuli haftaning juma kuni soat 09:00 dan 13:00 gacha
🔹Haydarov Hayot Alimjonovich - tuman hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalalari bo‘yicha o‘rinbosarining qabuli haftaning dushanba kuni soat 15:00 dan 17:00 gacha
🔹Husenov Sanjar Sadulloyevich - tuman hokimining moliya-iqtisod va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha o'rinbosarining qabuli haftaning seshanba kuni soat 10:00 dan 13:00 gacha
🔹Ro‘ziyev Azamat Abdurashidovich - tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarining qabuli haftaning chorshanba kuni soat 10:00 dan 13:00 gacha
🔹Boboqulov Turg‘un Toshpo‘latovich - tuman hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining qabuli haftaning payshanba kuni soat 10:00 dan 13:00 gacha
🔹Soyibov Foziljon Axmedboyevich - tuman hokimining o‘rinbosari - investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘ining qabuli haftaning payshanba kuni soat 15:00 dan 17:00 gacha
🔹Yuldashova Nasiba Boboqulovna - tuman hokimining o‘rinbosari-oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘ining qabuli haftaning juma kuni soat 15:00 dan 17:00 gacha
Eslatib o'tamiz, jismoniy va yuridik shaxslar uchun fuqarolar qabuli tuman Xalq qabulxonasida bo'lib o'tadi.
Mazkur fuqarolar qabuliga muammosi va taklifi bo‘lgan barchani taklif etamiz.
