Tuman hokimi qabuli – xalqning dardi eshitiladigan, orzulariga yo‘l ochiladigan uchrashuv!
2026-10-02 15:30:00 / Xalq qabulxonasi qabullari

Qabul davomida tuman hokimi aholi bilan yuzma-yuz suhbatlashib, ularning ko‘ziga qarab dardini eshitdi, har bir murojaatni diqqat bilan o‘rganib, masalalarni zudlik bilan hal etishga intildi.
Murojaatchilar tomonidan davolanishi uchun moddiy yordam ko‘rsatish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun imtiyozli kredit ajratish, elektr ta’minotida duch kelayotgan muammolarni bartaraf etish, ichki yo‘llarni ta’mirlash va shag‘allashtirish bilan bog‘liq muammolar hamda boshqa masalalar borasida taklif bildirildi.
—Sog'ligimda ozroq muammolar bor. Davolanish uchun qo'lim kaltalik qilayapti. Bugun tuman hokimi bilan bo‘lgan uchrashuvda shu masalada amaliy yordam so’radim,—deydi murojaatchilardan biri. —Tuman hokimi ham murojaatimni hal etish uchun o’sha joyning o’zida mutasaddilarga topshiriq berdilar. Murojaatim ijobiy hal qilinganidan xursandman.
Qabulda fuqarolarning yo‘llarni ta’mirlash, kommunal sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish, uy-joy bilan ta’minlash, tibbiy xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlikni rivojlantirish, ishga joylashish kabi 30 ga yaqin murojaatlari ko‘rib chiqildi.









