Tuman hokimi o‘rinbosari tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
2026-09-14 21:30:00 / Xalq qabulxonasi qabullari
Tasdiqlangan reja-grafikka muvofiq, bugun tuman Xalq qabulxonasi binosida tuman hokimining o‘rinbosari Hayot Haydarov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoya, bandlik, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, uy-joy, kommunal xizmatlar hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularning yechimi bo‘yicha tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar nazoratga olinib, ijrosi bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga vazifalar yuklatildi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida o‘tgan qabulda aholini qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

