O‘quvchilarga “Ibrat Farzandlari” platformasi targ‘ib qilindi
2026-09-09 21:30:00 / Yangiliklar

Mazkur tashabbus Do‘rman mahallasidagi yoshlar yetakchisi Mohichehra Xudoyberdiyeva tomonidan ilgari surilib, maktab o‘quvchilariga platformaning imkoniyatlari, undagi bepul xorijiy til kurslari va zamonaviy ta’lim resurslari haqida ma’lumot berildi.
Targ‘ibot davomida o‘quvchilarga mobil telefon va internetdan shunchaki vaqt o‘tkazish uchun emas, balki bilim va ko‘nikmalarini oshirish, xorijiy tillarni o‘rganish hamda kelajakdagi maqsadlariga erishish yo‘lida samarali foydalanish muhimligi tushuntirildi.
Ayniqsa, “Ibrat Farzandlari” platformasining bepul ekani o‘quvchilar uchun katta imkoniyat bo‘lib, undan istalgan vaqtda mustaqil ravishda foydalanish mumkinligi ta’kidlandi.
Tadbir yakunida o‘quvchilarning platformaga qiziqishi yuqori bo‘lib, ular “Ibrat Farzandlari” platformasiga a’zo qilindi.
Bunday targ‘ibot ishlari yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, telefon va internetdan to‘g‘ri hamda foydali maqsadlarda foydalanish madaniyatini shakllantirish, shuningdek, xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan intilishini yanada oshirishga xizmat qiladi.









