Do‘rman mahallasida ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi
2026-09-09 20:45:00 / Majlislar

Taqdimot davomida ehtiyojmand oilalar uchun doimiy daromad manbalarini yaratish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yangi mikroloyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning salomatligini patronaj xizmati orqali muntazam nazorat qilib borish, mavjud muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Ayniqsa, mazkur oilalardagi farzandlarning qiziqish va qobiliyatlarini o‘rganish, ularni ta’limga yo‘naltirish, kasb-hunar o‘rganishlari uchun tegishli o‘quv kurslariga jalb etish zarurligi ta’kidlandi.
Tuman hokimi mas’ullarga har bir ehtiyojmand oila bilan individual ishlash, ularning ijtimoiy muammolarini hal etish bilan bir qatorda, farzandlarining kelajagi va bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.









