“Sog‘ tanda — sog‘lom aql” shiori ostida sport musobaqalari tashkil etildi
2026-06-24 17:35:00 / Mahalliy yangiliklar

Musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, jismoniy faollikni rivojlantirish hamda ularni sog‘lom va barkamol avlod etib tarbiyalashdan iborat. Bellashuvlar davomida o‘quvchilar sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdilar.
Jumladan, shaxmat-shashka, stol tennisi, koptok uloqtirish, uzoq masofaga yugurish kabi sport turlari bo‘yicha bahslar qizg‘in kechdi. Har bir ishtirokchi o‘zining sportga bo‘lgan qiziqishi, chaqqonligi va mahoratini namoyon etdi. Musobaqa yakunida hakamlar hay’ati tomonidan g‘olib va faol qatnashchilar aniqlandi.
“Kelajak Camp” oromgohida bunday ma’naviy-ma’rifiy hamda sport tadbirlari yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etish yo‘lida davom etmoqda.









