Qorako‘lda Janubiy koreyalik investorlar bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
2026-06-24 11:20:00 / Xalqaro aloqalar

Muloqot davomida tomonlar qurilish sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, ilg‘or xorijiy tajribalarni hududga joriy etish hamda zamonaviy qurilish loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuvda Janubiy Koreyaning qurilish industriyasidagi ilg‘or texnologiyalari, energiya tejamkor va sifatli bino-inshootlar barpo etish borasidagi tajribasi haqida fikr almashildi. Investorlar tomonidan Qorako‘l tumanida koreys tajribasi asosida zamonaviy qurilish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Tomonlar kelgusida qurilish sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish va hudud infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdilar.









