“Probatsiya — jazo emas, imkoniyat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi
2026-06-22 16:00:00 / Mahalliy yangiliklar

Tadbir Qorako‘l tumani IIB JXX probatsiya guruhi tomonidan Poykent tarixiy muzeyiga uyushtirilgan sayohat shaklida o‘tkazildi. Ekskursiya davomida yoshlar tuman va voha tarixini, xalqimizning boy madaniy merosi hamda qadimiy an’analarini aks ettiruvchi muzey eksponatlari bilan yaqindan tanishdilar.
Qorako‘l tumani muzeyida saqlanayotgan arxeologik topilmalar, qadimiy buyumlar, etnografik namunalar, tarixiy hujjatlar hamda mahalliy aholining turmush tarziga oid noyob ashyolar tashrif buyuruvchilarga vohaning uzoq tarixini chuqurroq anglash imkonini berdi.
Mazkur sayohat probatsiya nazoratidagi yoshlarning Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va tariximizga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.
Tadbir davomida yoshlar bilan profilaktik suhbatlar ham o‘tkazilib, ularga qonunlarga rioya qilish, jamiyatda munosib o‘rin egallash, o‘z ustida ishlash hamda berilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning ijtimoiy hayotga moslashuvi, dunyoqarashining kengayishi va kelajak sari ishonch bilan qadam tashlashida muhim ahamiyat kasb etmoqda.




