Bugun Xalq Deputatlari Qorako’l tuman Kengashining 25-sessiyasi o’tkazildi
2026-04-21 11:50:00 / Rasmiy xabarlar

Shundan so’ng, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-martdagi “Respublikadagi kriminogen vaziyatni kundalik tahlil qilish faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-111-sonli qarori ijrosi ta’minlash maqsadida Qorako‘l tumani prokuraturasi tomonidan 2026-yilning 1-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida tuman prokurori Dilmurod Diniyevning hisoboti tinglandi.
Shuningdek, Qorako‘l tumanida huquqbuzarliklarning oldini olish va uning profilaktikasi hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha 2026-yil I-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
Bundan tashqari, Qorako‘l tumanida 2026-yilgi vegetatsiya mavsumida qishloq xoʻjaligi ekinlari mahsulotlari yetishtiruvchilarning suv olish limitlari va ularni suvlilik darajasi bilan barqaror taʼminlangan hamda taʼminlanmaganliklarini koʻrib chiqish va tasdiqlash va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Sessiya ishi tuman hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida to’g’ridan to’gri efirga uzatildi.









