Umumxalq xayriya hashari doirasida qabriston hududi obodonlashtirildi
2026-03-13 20:20:00 / Mahalliy yangiliklar

Mahalla ahli, faollar va jamoatchilik vakillari bir yoqadan bosh chiqarib, qabriston hududini tartibga keltirish, uni yanada obod va ozoda saqlash maqsadida hashar ishlarida faol ishtirok etdilar. Hashar davomida qabriston hududida to‘planib qolgan xas-hashaklar tozalanib, ortiqcha chiqindilar yig‘ishtirildi hamda hududdan olib chiqildi.
Shuningdek, qabriston atrofidagi to‘siqlar ta’mirlanib, qayta ranglandi. Bu esa hududning yanada tartibli va ko‘rkam ko‘rinishiga xizmat qilmoqda. Qabriston hududida amalga oshirilgan tozalash va obodonlashtirish ishlari natijasida maskan yanada pokiza va saranjom holga keltirildi.
Ta’kidlash joizki, bunday umumxalq xayriya hasharlari aholining o‘z hududiga bo‘lgan mehrini yanada mustahkamlab, jamoatchilikni bir maqsad yo‘lida birlashtiradi. Ayniqsa, muqaddas qadamjolar va qabristonlarni obod saqlash xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri bo‘lib, bu kabi ezgu tashabbuslar ushbu an’anani davom ettirishda muhim ahamiyat kasb etadi.






