Rasmiy munosabat
2025-12-25 18:55:00 / Rasmiy munosabat

Ushbu murojaatni o‘rganish jarayonida mazkur ijtimoiy uyda yashovchi aholi vakillarining tabiiy gazdan 21 million 815 ming so‘m, ichimlik suvidan 4 million 541 ming so‘m debitor qarzdorligi mavjudligi aniqlangan.
Shundan so‘ng tuman hokimi o‘rinbosarlari S.Husenov. H.Haydarov hamda N.Yuldashevalar tomonidan aholida to‘lov madaniyatini shakllanishi uchun targ‘ibot ishlarini kuchaytirish maqsadida muddati o‘tib ketgan qarzdorligi bor iste’molchilarchilarning yashash manziliga borib ular bilan suhbat o‘tkazilgan.
Ushbu suhbat jarayonida tuman hokimining 1-o‘rinbosari S.Husenov ushbu ko‘p qavatli uyda yashovchi ayrim aholi vakillari tomonidan yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmayotganligi oqibatida katta miqdorda qarzdorliklar yuzaga kelayotganligi, gaz hisoblagich umumiy bo‘lganligi sababli bu holat to‘lov madaniyatiga muntazam amal qilib kelayotgan boshqa xonadon egalarining haqli norozoligiga sabab bo‘layotganini tushuntirishga harakat qilgan.
Ya’ni S.Husenovning ushbu videolavhadagi so‘zlaridan “Sizdagi qarzdorlik uchun nima uchun qo‘shnilaringiz jabr ko‘rishi kerak, agar zudlik bilan qarzingizni to‘lash chorasini ko‘rmasangiz qarzdorligi yo‘q xonadonlar bundan buyon sizga tinchlik bermaydi" degan umumiy mazmun kelib chiqmoqda.
Shu o‘rinda ijtimoiy tarmoq faollaridan ham ushbu holatga baho berganda videodagi qisqa jarayonga qarab emas balki umumiy vaziyatni hisobga olgan holda baho berishlarini so‘rab qolamiz.
