“Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida "Qorako'l-korrupsiyadan holi hudud" mavzusida Ochiq eshiklar kuni tadbiri o‘tkazildi
2025-12-09 17:50:00 / Yangiliklar

Tadbirda tuman hokimi Xurshid Toxirov, tuman prokurori Dilmurod Diniyev, tuman IIB boshlig'i Shahob Hayitov tuman hokimligi mutasaddilari, tumandagi tashkilot, boshqarmalar boshliqlari va mas’ullari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda tuman hokimi va mas’ullar so‘zga chiqib ayni paytda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan kurash jarayonlari, bu yo‘nalishda qabul qilingan huquqiy -me’yoriy hujjatlarning mazmun-mohiyati, hozirgi paytda ko‘p uchrayotgan maishiy korrupsiya holatlari va uning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘ladigan chora-tadbirlar xususida o‘z fikr va mulohazalarini aytib o‘tishdi.
Shuningdek, tadbirda tumanda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi va kelgusida bu borada amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olindi.









