Debitorlik qarzdorligini undirişda mavjud muammolar va ularning yeçimlari
2026-11-10 09:30:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Debitorlik qarzdorligini undirişda mavjud muammolar va ularning yeçimlari
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida debitorlik qarzdorligi iqtisodiy munosabatlarning ajralmas qismi hisoblanadi. Biroq uning öz vaqtida qaytarilmasligi korxonalarning moliyaviy barqarorligiga, işlab çiqariş jarayoniga va boşqa xöjalik yurituvçi subyektlar bilan hisob-kitoblariga salbiy ta’sir körsatadi. Bir korxonaning tölanmagan qarzi boşqa korxonaning ham öz majburiyatlarini bajara olmasligiga sabab bölişi mumkin. Şu bois debitorlik qarzdorligini undiriş masalasi nafaqat alohida tadbirkorning, balki iqtisodiy muomaladagi mablağlar aylanişining barqarorligi uçun ham muhimdir.
Amaliyotda debitorlik qarzdorligi, asosan, şartnoma majburiyatlarini bajarmaslik, tölov muddatlarini buziş, moliyaviy imkoniyatlarni notöğri baholaş va şartnomaviy intizomga yetarliça rioya qilmaslik natijasida yuzaga keladi. Ayrim tadbirkorlar hamkorlik munosabatlariga işonib, kontragentning tölov qobiliyatini tekşirmasdan mahsulot yetkazib beradi yoki xizmat körsatadi. Keyinçalik esa öz mablağlarini undiriş uçun sudga murojaat qilişga majbur böladi.
Iqtisodiy sudlarda bunday nizolarni körib çiqişda asosiy masala qarzdorlikning haqiqiy mavjudligini va miqdorini aniqlaşdan iborat. Bunda şartnomalar, hisobvaraq-fakturalar, mahsulotni topşiriş-qabul qiliş dalolatnomalari, elektron hujjatlar va özaro hisob-kitoblarni soliştiriş dalolatnomalari muhim daliliy ahamiyatga ega. Sud tomonidan uşbu hujjatlarni özaro boğliqlikda, har tomonlama va xolisona baholaş talab etiladi.
Yana bir muhim muammo — sud qarori çiqarilganidan keyin qarzdorlikni amalda undiriş bilan boğliq. Ayrim hollarda qarzdorning hisobvaraqlarida mablağ mavjud emasligi yoki mol-mulki yetarli bölmaganligi sababli sud hujjatining ijrosi qiyinlaşadi. Natijada kreditor sudda öz haq ekanligini isbotlagan bölsa-da, amalda mablağlarini qaytarib oliş imkoniyatidan mahrum bölişi mumkin.
Bu holat sud himoyasining samaradorligi faqat qonuniy va asosli qaror çiqariş bilan emas, balki uning real ijro etilişi bilan ham belgilanadi. Şu sababli qarzdorning mol-mulkini aniqlaş, zarur hollarda da’voni ta’minlaş çoralarini qöllaş va ijro mexanizmlarining samaradorligini oşiriş muhim ahamiyatga ega.
Debitorlik qarzdorligini undirişda yana bir e’tiborli jihat — ayrim qarzdorlarning protsessual imkoniyatlardan nizoni çöziş maqsadida foydalanişidir. Bunday vaziyatlarda sudlar taraflarning e’tirozlarini sinçiklab tekşirişi, asossiz vajlar tufayli işlarning ortiqça çözilişiga yöl qöymasligi lozim. Şu bilan birga, har bir tarafning qonuniy himoyalaniş huquqi töliq ta’minlanişi şart.
Mazkur muammolarni bartaraf etiş uçun, avvalo, şartnomaviy intizomni kuçaytiriş, şartnoma tuzişdan oldin kontragentning moliyaviy holatini örganiş va tölov muddatlarini aniq belgilaş zarur. Şuningdek, elektron hujjat aylanişini kengaytiriş, sud amaliyotini muntazam tahlil qiliş, qarzdorlikni sudgaça hal etiş imkoniyatlaridan foydalaniş hamda sud hujjatlari ijrosini takomillaştiriş lozim.
Iqtisodiy nizolarda mediatsiya va kelişuv bitimlaridan foydalaniş ham ijobiy natija berişi mumkin. Çunki ayrim hollarda qarzdorlikni töliq undirişdan köra, taraflarning özaro kelişuvi asosida aniq tölov jadvalini belgilaş kreditor uçun ham, qarzdor uçun ham iqtisodiy jihatdan samaraliroq böladi.
Debitorlik qarzdorligini undirişdagi asosiy maqsad faqat qarzni sud tartibida undiriş emas, balki tadbirkorlik subyektlarining buzilgan mulkiy huquqlarini amalda tiklaş, şartnomaviy intizomni mustahkamlaş va iqtisodiy munosabatlarda tölov madaniyatini şakllantirişdan iboratdir. Zero, sud himoyasining haqiqiy samarasi çiqarilgan qarorlar soni bilan emas, balki tiklangan huquqlar va amalda undirilgan mablağlar bilan namoyon böladi.
Termiz tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi T.Usmonov
