0+
Qiziriq tumanida fuqarolar qabuli: Har bir murojaat – e’tiborda va nazoratda
2026-11-06 18:00:00 / Tuman hokimi va uning o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabullar

Qiziriq tuman adliya bo‘limi binosidagi Xalq qabulxonasida tuman hokimi Sh. Allamurotov tomonidan fuqarolarning navbatdagi ochiq muloqoti o‘tkazildi.
Muloqot davomida aholini qiynab kelayotgan asosiy masalalar — ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, kommunal soha va hududiy infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha tushgan murojaatlar birma-bir tinglandi.
Joyida yechimi bor masalalar bo‘yicha fuqarolarga huquqiy tushuntirish berildi;
Vaqt talab etadigan murojaatlar bo‘yicha tegishli rahbarlarga aniq muddatli topshiriqlar berildi va alohida nazoratga olindi.
Inson qadri va uning manfaatlarini ta’minlash — har bir murojaatga mas’uliyat bilan amaliy yechim topishdan boshlanadi.
