FUQAROLAR MUROJAATLARI E’TIBOR MARKAZIDA
2026-09-11 16:00:00 / Tuman hokimi va uning o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabullar

Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari bevosita tinglandi.
Murojaatlarda asosan aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy, kommunal, infratuzilmaviy hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatilib, muammolarni qonuniy tartibda va amaliy jihatdan hal etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish belgilandi.
Shuningdek, ayrim masalalar yuzasidan murojaatchilarga joyida tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish hamda vaqt talab etadigan murojaatlar esa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda nazoratga olindi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va har bir masalaga mas’uliyat bilan yondashish — aholi bilan ishlashning muhim mezoni sifatida qayd etildi.
Xalq qabulxonasi — xalq dardini tinglash, muammoga yechim topish va murojaat ortidan amaliy natijaga erishish maydonidir.
