Qiziriq tumanida navbatdagi fuqarolar qabuli o'tkazildi
2026-08-28 16:00:00 / Tuman hokimi va uning o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabullar

Bugun Qiziriq tumani hokimi Sh.Allamurotov tuman Adliya bo'limi binosida (Xalq qabulxonasida) tuman aholisi uchun navbatdagi shaxsiy qabulini o'tkazdi.
Fuqarolarning muammolarini o'rganish, ularning qonuniy manfaatlarini ta'minlash hamda mavjud masalalarga ijobiy yechim topish maqsadida tashkil etilgan muloqotda tuman sektor rahbarlari, tegishli korxona, tashkilot va muassasa rahbarlari ham ishtirok etdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bandlik, uy-joy, kredit, ijtimoiy yordam, kommunal xo'jaligi va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash kabi turli yo'nalishlardagi murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat diqqat bilan tinglanib, ularning aksariyatiga shu yerning o'zida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Muddati talab etiladigan masalalar bo'yicha tegishli mas'ullarga aniq vazifalar yuklatilib, ularning ijrosi tuman hokimi tomonidan alohida nazoratga olindi.
"Inson qadri uchun" tamoyili asosida tashkil etilayotgan bunday ochiq muloqotlar fuqarolarning davlat idoralariga bo'lgan ishonchini yanada mustahkamlashga hamda mavjud muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etishga xizmat qiladi.
