Bosh sahifaAxborot xizmatiTuman hokimi va uning o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabullar
0+
Fuqarolar murojaatlari e’tibor markazida
2026-08-12 18:00:00 / Tuman hokimi va uning o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabullar
Qiziriq tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Husniddin Jovliyev tomonidan tuman Xalq qabulxonasi binosida navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan bandlik, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim, ijtimoiy yordam, uy-joy, infratuzilma hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, tegishli tashkilot va mutasaddilar ishtirokida muammolarni qonuniy va amaliy jihatdan hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
Shuningdek, ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
