Bosh sahifaAxborot xizmatiTuman hokimi va uning o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabullar
0+
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
2026-08-13 10:30:00 / Tuman hokimi va uning o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabullar
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Surxondaryo viloyati Bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Akbar Abdullayevich Jumayev tomonidan Qiziriq tuman Xalq qabulxonasi binosida fuqarolar uchun navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolarning bank-moliya tizimi, kredit va boshqa moliyaviy masalalar, shuningdek, aholi tomonidan bildirilgan turli muammo va takliflari tinglandi.
Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, fuqarolarga tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish hamda amaliy yechim talab etadigan murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
Shaxsiy qabullarning asosiy maqsadi — fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish, mavjud muammolarga qonuniy va amaliy yechim topish hamda aholining bank-moliya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.
