Tashabbusli budjet” doirasidagi noqonuniy reklamalar yuzasidan ogohlantirish
2026-07-29 18:00:00 / Ochiq ma'lumotlar

“Tashabbusli budjet” doirasidagi noqonuniy reklamalar yuzasidan ogohlantirish
Fuqarolarning byudjet jarayonlarida faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida ovoz berish ixtiyoriy bo‘lib, buning uchun hech qanday to‘lov yoki moddiy rag‘batlantirish nazarda tutilmagan.
So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda norasmiy Telegram-botlar orqali ovoz berish evaziga pul mukofoti va’da qilinayotgan reklamalar tarqalmoqda. Bunday holatlar fuqarolarni chalg‘itishi hamda jarayonning shaffofligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
📌 Raqobat qo‘mitasi quyidagilarni eslatadi:
✔️ Ovoz berish faqat “Ochiq budjet” axborot portali, uning rasmiy mobil ilovalari va Telegram’dagi rasmiy bot orqali amalga oshiriladi;
✔️ Berilgan ovozlar uchun hech qanday haq undirilmaydi va fuqarolarga moddiy rag‘batlantirish berilmaydi;
✔️ Norasmiy botlar va ularning reklamalariga ishonish huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
