“Tashabbusli budjet”ning navbatdagi mavsumi boshlanmoqda
2026-07-07 18:00:00 / Yangiliklar

“Tashabbusli budjet”ning navbatdagi mavsumi boshlanmoqda
Joriy yilning 15-iyulidan “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yilgi ikkinchi mavsumi boshlanadi.
Ushbu mavsum “Tashabbusli budjet” jarayoni joriy etilganidan buyon o‘tkazilayotgan o‘n birinchi mavsum hisoblanadi. Bunda: 15-iyuldan 3-avgustgacha loyihalarni kiritish;
4–18-avgust kunlari loyihalarni saralash;
19–21-avgust kunlari targ‘ibot bosqichi;
22–31-avgust kunlari ovoz berish bosqichi;
1–10-sentabr kunlari qo‘shimcha g‘oliblarni e’lon qilish bosqichi o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, an’anaviy ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra g‘olib loyihalar 1-sentabr — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bayrami kuni e’lon qilinadi. Faol bo‘ling, mahallangiz uchun tashabbus ko‘rsating!
