Fuqarolar murojaatlari e’tibor markazida
2026-06-23 12:00:00 / Tuman hokimi va uning o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabullar

Qabul davomida fuqarolar tomonidan bandlik, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim, ijtimoiy yordam, uy-joy, infratuzilma hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, tegishli tashkilot va mutasaddilar ishtirokida muammolarni qonuniy va amaliy jihatdan hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
Shuningdek, ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish borasidagi bunday qabullar izchil davom ettirilmoqda.
✅ Inson manfaatlarini ta’minlash va aholi murojaatlariga tezkor yechim topish — davlat organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
