Qiziriq tuman IIB JXX XPB XQMB katta inspektori leytenant Sh.Sh.Ibragimovaning tuman xotin qizlariga murojaati.
2026-06-05 11:00:00 / Yangiliklar

ugungi kunda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga nisbatan har qanday tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish jamiyatimiz oldidagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Har bir insonning qadr-qimmati, sha’ni va huquqlari qonun bilan muhofaza qilinadi.
Tazyiq va zo‘ravonlik nafaqat jismoniy, balki ruhiy, iqtisodiy va boshqa ko‘rinishlarda ham namoyon bo‘lishi mumkin. Bunday holatlar oila muhitiga, farzandlar tarbiyasiga va jamiyat barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shu sababli, xotin-qizlarga nisbatan hurmat va e’tiborni kuchaytirish, oilada o‘zaro tushunish va mehr-oqibat muhitini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Tazyiq yoki zo‘ravonlik holatlariga duch kelgan shaxslar huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalla fuqarolar yig‘ini, xotin-qizlar faollari va tegishli tashkilotlarga murojaat qilishlari mumkin.
