Qiziriq tumani prokurori Shavkat Mamirqulovning huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi va jinoyatchilikning oldini olishga doir tuman aholisiga murojaatiHurmatli tumandoshlar
2026-06-01 16:00:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

So‘nggi paytlarda og‘irlik (o‘g‘rilik) va firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatlar soni ortib borayotganini inobatga olib, barcha fuqarolardan ogohlik va hushyorlikni kuchaytirishlarini so‘raymiz.🔐 O‘G‘RILIKLARNING OLDINI OLISH UCHUN:Uy va avtomobillaringizni qisqa muddatga bo‘lsa ham ochiq qoldirmang.Uyda yo‘qligingizda eshik va derazalarni mustahkam yopib, qo‘shnilarni ogohlantiring.Kuzatuv kamerasi yoki signalizatsiya tizimi o‘rnatish jinoyatchilarni to‘xtatishda katta yordam beradi.Yangi tanishgan shaxslarga ishonib uy manzilingiz yoki mol-mulkingiz haqida ma’lumot bermang.⚠️ FIRIBGARLIKLARNING OLDINI OLISH UCHUN:Telefon, internet yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali pul yoki shaxsiy ma’lumot so‘rayotganlarga ishonmang.“Yutuq yutdingiz”, “foydali investitsiya”, “kreditni to‘lashda yordam beramiz” kabi takliflar bilan murojaat qilayotganlar — firibgar bo‘lishi mumkin!Pul o‘tkazishdan yoki hujjat topshirishdan oldin manbani tekshiring, ishonch hosil qilmaguncha hech qanday to‘lov qilmang.Har qanday shubhali holatlarda tezkorlik bilan 102 qisqa raqamiga xabar bering.👮♂️ Eslatma:Fuqarolarning ogohligi – jinoyatchilikka qarshi eng samarali himoyadir.O‘z mulkingizni, oilangizni va jamiyat tinchligini asrash — har birimizning burchimizdir!
