1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirlari ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.
2026-06-01 19:00:00 / Yangiliklar
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirlari ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.

Tadbir davomida bolajonlar uchun qiziqarli konsert dasturlari, kuy-qo‘shiqlar, raqslar, turli tanlov va o‘yinlar tashkil etilib, ularga unutilmas quvonch ulashilmoqda.
Bayram shukuhi ostida o‘tayotgan tadbirlarda tumandagi iste’dodli san’atkorlar o‘z chiqishlari bilan bolalar va ularning ota-onalariga xush kayfiyat bag‘ishlamoqda. Bolalarning beg‘ubor kulgisi, quvonchli onlari va yuzlaridagi tabassum bayramga yanada fayz bag‘ishlamoqda.
Yurtimiz kelajagi bo‘lgan yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning baxtli bolalik kechirishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar barchamiz uchun yuksak mas’uliyatdir.
