Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining navbatdagi XXI-sessiyasi to‘g‘risida.
2026-05-22 16:00:00 / Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi

Sessiya kun tartibiga muvofiq, 8 ta masalalar ko‘rib chiqilib, unda Tumanda maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan. “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunning ijrosi hamda «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarning muammolarini bartaraf etishga qaratilgan «Yoshlar dasturi»ning ijrosi haqida, Mahalliy budjetining 2026-yil 1-chorak ijrosi to‘g‘risida;O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunining tuman hokimligida ijrosi yuzasidan hisobotlar tinglandi.
Shuningdek, mas’ul rahbarlarning hisobotlari tinglanib, deputatlar tomonidan qator taklif va mulohazalar bildirildi. Muhokamalar davomida mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.
Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ular ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Xalq deputatlari Qiziriq tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi ochiq va konstruktiv muhokamalar ruhida o‘tib, tumanni yanada rivojlantirishga qaratilgan muhim qarorlar qabul qilindi.
