O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qiziriq tuman kengashining navbatdagi IV-plenumi bo‘lib o‘tdi.
2026-05-20 16:00:00 / Deputatlar faolyati

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qiziriq tuman kengashining navbatdagi IV-plenumi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda partiya faollari, deputatlar, boshlang‘ich partiya tashkilotlari rahbarlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar tomonidan aholini qiynayotgan muammolarni hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, plenum davomida partiyaning joriy yildagi asosiy vazifalari belgilab olinib, tashkilot faoliyatini yanada kuchaytirish, joylardagi muammolarni o‘rganish va aholi bilan muloqotlarni tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Tadbir yakunida bir qator faol partiya a’zolari va tashabbuskorlar e’tirof etilib, kelgusidagi ishlar bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berildi.
