Korrupsiya — jamiyat taraqqiyotiga jiddiy to‘sqinlik qiladigan, davlat va xalq o‘rtasidagi ishonchni susaytiruvchi salbiy illatdir.
2026-04-10 11:00:00 / Korrupsiyaga qarshi kurash

Tuman hokimi Sh.Allamurotov va tuman prokurori Sh.Mamurqulov bilan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Shu bois, har bir tashkilot, korxona va muassasalarda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, qonun ustuvorligini mustahkamlash hamda xizmat vazifalarini vijdonan bajarish ustuvor vazifa bo‘lib qolish kerak.
Ayniqsa, davlat xaridlari, kadrlar bilan ishlash, moliyaviy operatsiyalar kabi sohalarda korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olishga alohida e’tibor qaratish lozim. Har bir rahbar o‘z tizimida ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirishi, xodimlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirishga xizmat qilishi shart.
Biz barchamiz birgalikda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash olib borsagina, tumanimizda sog‘lom ishbilarmonlik muhiti va adolatli jamiyatni shakllantira olamiz.




