Jinoyatchilik profilaktikasi
2026-01-20 14:30:00 / Ochiq ma'lumotlar

Jinoyatchilik profilaktikasi
Ko‘pincha jinoyat yo‘liga kirib qolgan shaxslar "meni hech kim bilmaydi" yoki "bu safar qutulib qolaman" degan xomxayolga beriladilar. Yaqinda bo‘lib o‘tgan sud majlislaridan birida ko‘rib chiqilgan ish bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
Voqea tafsiloti:
Fuqaro N. (ismi o‘zgartirilgan) oson yo‘l bilan pul topish maqsadida o‘zganing mulkini yashirincha talon-toroj qilgan. U zamonaviy texnologiyalar va kuzatuv kameralari uning izini tez fursatda topishini o‘ylab ham ko‘rmagan. Natijada, qisqa muddatli "foyda" uni bir necha yillik ozodlikdan mahrum etish jazosiga olib keldi.
Sud hukmi va xulosa:
Sud ayblanuvchiga nisbatan qonuniy jazo tayinlash bilan birga, uning oilasi va farzandlari taqdiriga ham to‘xtaldi. Bir lahzalik nafs deb butun bir umrning zavol topishi — bu nafaqat jinoyatchi uchun, balki uning yaqinlari uchun ham katta fojiadir.
Bizning maqsad:
Bunday maqolalarni e’lon qilishdan maqsad kimningdir shaxsiyatini muhokama qilish emas, balki atrofdagilarni xulosa chiqarishga chorlashdir. Zero, jinoyatchilikka qarshi kurashish faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ishi emas, balki barchamizning fuqarolik burchimizdir.
Har doim ogoh bo‘ling, qonunlarga itoat qilish — erkin va osuda hayot kafolatidir.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qiziriq tuman sudining tergov sudyasi A.B.Xakimov
